Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologik vaziyatni baholash uchun yagona monitoring tizimi ishga tushiriladi
O‘zbekistondagi ekologik vaziyatni baholash va prognoz qilish uchun yagona monitoring tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.
Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlanishining oldini olish maqsadida respublika bo‘yicha 200 ga yaqin videokameralar o‘rnatilib, vazirlikning situatsion markazida doimiy nazorati yo‘lga qo‘yildi.
Kelgusida ekologiya sohasida xizmatlarni sifatli olib borish maqsadida vaziyatlar markazi faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi. Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasini yuritish uchun monitoring tizimi ishga tushiriladi.
Vazirlikning mavjud yo‘nalishlarini raqamlashtirishda jami 8 ta axborot tizimi joriy etiladi. Elektron hukumatni rivojlantirish maqsadida vazirlik tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari aholi uchun soddalashtiriladi.
Tizimda mehnat qilayotgan mingdan ortiq xodimning IT sohasidagi bilim va malakalari oshiriladi. 20 nafar xodim xalqaro ta’lim platformalari orqali o‘qitiladi.
Mavzuga oid
15:18 / 21.02.2026
Vasiylar faoliyati ustidan monitoring kuchaytiriladi - qaror loyihasi
10:52 / 04.02.2026
Dron va yonkamerali tekshiruvlar: suvdan foydalanish monitoringi kuchaytiriladi
09:05 / 01.11.2025
Monitoring natijasi: elektr va gaz bo‘yicha noreal qarzlar tugatildi
19:02 / 23.10.2025