Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlandi
Toshkent viloyatida mayning ferma tashkil qilganlar davlatga 1,2 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qibray tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Guliston” MFY hududidagi xonadonda yashovchi Q.T. o‘z uyida 8 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro J.Sh. “Sultonravot” MFY hududidagi turar-joy binosida ArtMiner S9 rusumli mayning qurilmasini o‘rnatib, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 50,7 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
09:15 / 08.06.2026