Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari: 37 ming gektardan ortiq maydon yonib ketdi
Rasmiylar yong‘inlarning atigi 12 foizini nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda, hozirda 37 ming gektardan ortiq o‘rmonli maydon yonib ketgan.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Kaliforniya shimolidagi Chiko shahri yaqinida 24 iyul kuni boshlangan o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda.
Yong‘in natijasida 37 ming gektardan ortiq o‘rmon maydon yonib ketdi.
Kaliforniyadagi yong‘in shtatdagi «oltinchi eng katta yong‘in» deb topildi.
Ko‘plab binolarni vayron qilgan va minglab odamlarni mintaqadan evakuatsiya qilishga majburlagan yong‘inlarning atigi 12 foizi nazorat ostiga olindi.
Kaliforniyadagi yong‘inlarga sabab bo‘lganlikda ayblangan shaxs sudda javob berdi
CBS News xabariga ko‘ra, Ronni Din Staut ismli shaxs «Kaliforniya shtatida yonayotgan mashinani quruq o‘tlar bilan to‘ldirib chuqurga itarib yuborib, qasddan o‘t qo‘yganlik»da ayblanib sudga tortildi.
O‘t qo‘yishda ayblangan Staut birinchi majlisda aybini tan olmadi va ikkinchi eshituvlar payshanba kuniga ko‘chirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Staut avval ham sudlangan va ikki marta qamoqda o‘tirgan.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026