Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi
Talabgorlar 6–8 avgust kunlari magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlashi mumkin.

Foto: iStock
Oliy ta’lim vazirligi 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ko‘p murojaatlar turli (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqa hujjat yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi va boshqa) sabablarga ko‘ra rad etilgan.
Vazirlik yuqoridagi sabablarni hisobga olib, 1–30 iyul kunlari magistr.edu.uz tizimiga ariza yuborgan, lekin rad etilgan talabgorlarga qo‘shimcha muddat berdi. Ular 6–8 avgust kunlari arizalarini qayta tahrirlashi mumkin.
“Belgilangan muddatdan keyin tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiligi bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, OTFIV xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmagani sabab rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmasligi va bunday qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmasligini qo‘shimcha qilgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Namangan va Jizzaxda yirik asalarichilik markazlari tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 09:08
-
JCh-2026 saralashi. Argentina Braziliyani yirik hisobda yengib mundialga chiqqan 7-jamoaga aylandi va boshqa natijalar
Sport | 08:51
-
Germaniya prezidenti Shols va uning hukumatini iste’foga chiqardi
Jahon | 08:42
-
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
Jahon | 08:40
Mavzuga oid

15:02 / 28.01.2025
Akademik halollik, yangi adabiyotlar, oliygohlar transformatsiyasi: milliy ta’limda nimalar o‘zgaryapti?

10:03 / 01.01.2025
1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

23:29 / 28.08.2024
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi

11:00 / 01.08.2024