Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil hujumlarida yana 35 falastinlik halok bo‘ldi
Isroil armiyasi Falastin eksklavining shimoli, markazi va janubida havo hujumlarini amalga oshirdi.
35 falastinlik blokada ostidagi G‘azo sektorining turli hududlarida Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi.
Isroil armiyasi Falastin eksklavining shimoli, markazi va janubida havo hujumlarini amalga oshirdi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi manbalarga ko‘ra, G‘azo shahrining janubi-sharqidagi «Badr» masjidi yaqiniga uyushtirilgan havo hujumi natijasida olti kishi halok bo‘lgan. Abu Hasira mavzesidagi turar joy binosining o‘qqa tutilishi natijasida yana ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Bundan tashqari, G‘azo sektorining markaziy qismidagi «Burayj» qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujumlar natijasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, yetti kishi yaralandi.
Blokadagi sektorning markaziy qismida «Nusayrat» qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujum chog‘ida og‘ir yaralangan bir falastinlik ham shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
G‘azo janubidagi Xon-Yunus shahriga uyushtirilgan havo hujumlarida 24 falastinlik halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026