Oltin qimmatlashdi, Bitcoin narxi ham oshdi – xalqaro moliya bozori sharhi
Dollar indeksining pasayishi fonida yevro va yuan mustahkamlandi. Qo‘shma Shtatlarda asosiy stavkaning pasayishi haqidagi yangiliklar ortidan bir qator qimmatbaho metallarning narxi oshdi. Xususan, oltin hafta davomida 4 dollarga, yil boshidan beri esa qariyb 22 foizga qimmatlashdi.
Joriy haftaning eng muhim yangiliklaridan biri AQShda mehnat statistikasi ma’lumotlarining qayta ko‘rib chiqilgani bo‘ldi. Qayd etilishicha, statistik raqamlar mart oyigacha bo‘lgan so‘nggi bir yillikda AQSh qishloq xo‘jaligidan tashqarida yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni 818 mingga qisqarishi tomonga qayta hisob-kitob qilingan. Bu AQSh mehnat bozori zaiflashayotganini tasdiqlovchi yana bir qo‘shimcha ma’lumot bo‘lib, joriy monetar siyosati o‘z yakuniga yetayotganligidan darak beradi. Haftaning keyingi muhim ma’lumotlaridan yana biri ikkilamchi uy-joy sotuvlari statistikasining e’lon qilingani bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich prognoz qilinganidek, iyul oyida 1,3 foizni tashkil etgan. Federal zaxira tizimi (FZT) raisining nutqi va Jaskson Hole simpoziumi esa hafta voqeasiga aylandi. Moliya bozorlari ishtirokchilari bu tadbirdan uzoq kutayotgan signal, ya’ni foiz stavkasini tushirish bo‘yicha birinchi rasmiy yangilikni olishga muvaffaq bo‘ldi. Jyerom Povellning nutqi, so‘nggi bir necha yillardagi simpoziumda kuzatilgan bozorlar qulashidan farqli bo‘lib, bu safar ko‘tarilishni ta’minlab berdi va fond indekslarining o‘sishiga sabab bo‘ldi.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 19 avgustdan 23 avgustgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
- S&P500 – 5634 (hafta boshidan +1,45 foiz, yil boshidan +18,13 foiz);
- NASDAQ – 19720 (hafta boshidan +1,09 foiz, yil boshidan +17,21 foiz);
- DJI – 40287 (hafta boshidan +1,27 foiz, yil boshidan +9,25 foiz).
Hafta savdolarida Dow Jones indeksi 515 punktga, NASDAQ va S&P500 mos ravishda 212 va 80 punktga o‘sdi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2510 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +0,16 foiz, yil boshidan +21,76 foiz;
- Kumush – 29,8 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +2,94 foiz, yil boshidan +25,64 foiz;
- Alyuminiy – 2511 dollar (1 tonnasi) hafta boshidan +7,41 foiz, yil boshidan +5,48 foiz:
- Mis – 4,25 dollar (1 funti) hafta boshidan +1,61 foiz, yil boshidan +9,01 foiz.
Qimmatbaho metallar ham fundamental yangiliklar fonida o‘sish sur’atini taqdim etdi. Oltin kumush, alyuminiy va mis hafta davomida mos ravishda 4,12 dollar, 0,85 dollar, 173,3 dollar va 0,07 dollarga qimmatlashdi.
Neft
- WTI – 74,91 dollar (hafta boshidan -0,66 foiz, yil boshidan +5,07 foiz);
- BRENT – 79,05 dollar (hafta boshidan -0,68 foiz, yil boshidan +2,61 foiz).
Hafta davomida neftning WTI markasi 50 sentga, BRENT esa 54 sentga arzonlashdi.
Valutalar
- USD/EUR: +1,51 foiz (yil boshidan +1,39 foiz);
- CNY/USD: -0,56 foiz (yil boshidan +0,37 foiz);
- TRY/USD: +0,76 foiz (yil boshidan +15,22 foiz);
- UZS/USD: +0,16 foiz (yil boshidan +3,01 foiz);
- RUB/USD: +1,99 foiz (yil boshidan +2,10 foiz).
Hafta savdolarida yevro va yuan dollarga nisbatan mos ravishda 1,51 foiz va 0,56 foizga o‘sdi, biroq lira, so‘m va rubl 0,76 foiz, 0,16 foiz va 1,99 foizga pasaydi.
Kriptovaluta
- Bitcoin – 64032 dollar (hafta boshidan +9,44 foiz, yil boshidan +50,98 foiz);
- Ethereum – 2764 dollar (hafta boshidan +5,79 foiz, yil boshidan +21,11 foiz).
Bitcoin 5 kunlik savdolarda 9,44 foizga, Ethereum esa 5,8 foizga oshdi.
Bozorlar haqida qisqacha
Joriy haftada Jyerom Povellning chiqishi moliya bozorlarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki uzoq vaqtdan beri olib borilayotgan qattiq monetar siyosat va sovib borayotgan iqtisodiyot nafaqat bozor ishtirokchilarini, balki Amerikaning yuqori martabali amaldorlarini ham tashvishga sola boshlagan edi. Yuqori foiz stavkalari AQSh kompaniyalariga qarz olish narxini qimmat qilgani tufayli, ularning kengayishi va faolligini cheklab qo‘ydi. Bu esa ish o‘rinlariga ham ta’sir o‘tkazdi. Ishsizlar sonining oshishi esa kelgusida iqtisodiyotga ortiqcha yuk bo‘ladi. Shu jihatdan, yuqori martabali amaldorlar ham shoshilinch ravishda bu mavzuni muhokama qilib, bir ovozdan stavkani tushirishni boshlash kerakligi haqida gapira boshladi.
Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 19 avgustdan 23 avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.
Mavzuga oid
09:40 / 22.11.2024
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
22:09 / 21.11.2024
Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
11:40 / 10.11.2024