Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olaf Shols 15-16 sentabr kunlari O‘zbekistonga keladi
Germaniya federal kansleri O‘zbekistonga ilk tashrifi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan Samarqand shahrida muzokaralar o‘tkazadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols 15-16 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston-Germaniya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
«Savdo-iqtisodiy, texnologik va investitsiyaviy-moliyaviy sheriklikni kengaytirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, mehnat migratsiyasi, ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va boshqa yo‘nalishlarda faol aloqalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari bo‘yicha fikr almashiladi. Dastur doirasida O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv ham o‘tkazadi», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq, Germaniya hukumati Sholsning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi davomida unga «katta biznes delegatsiyasi» hamrohlik qilishini bildirgan edi.
Mavzuga oid
14:47 / 22.11.2025
Olaf Shols «Shimoliy oqim–2» bo‘yicha ko‘rsatma berdi
08:42 / 26.03.2025
Shols hukumati rasman iste’foga chiqdi
10:21 / 19.03.2025
Shols va Makron Ukrainaga keyingi harbiy yordamni va’da qilmoqda
09:10 / 13.03.2025