Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada suv toshqinlari yuzlab mahbuslarning qochishiga yordam berdi
Qamoqxona binosining devorlaridan biri kuchli suv oqimi tufayli qulab tushganidan keyin mahbuslar qochib ketishgan. Qochgan mahbuslar orasida «Boko Haram» guruhi a’zolari ham bor.
Nigeriya shimoli-sharqida Mayduguri shahridagi qamoqxonadan 281 mahbus qochib ketdi. Muassasa rahbariyatining 15 sentabr, yakshanba kuni ma’lum qilishicha, mahbuslar qochishiga kuchli yomg‘ir tufayli to‘g‘on buzilishi natijasida yuzaga kelgan yirik suv toshqini yordam bergan.
Qamoqxona matbuot kotibi Umar Abubakarning so‘zlariga ko‘ra, kuchli suv oqimi tufayli qamoqxona devorlaridan biri qulaganidan keyin mahbuslar, jumladan, «Boko Haram» guruhi a’zolari qochishga muvaffaq bo‘lgan. Abubakarning so‘zlariga ko‘ra, qochoqlar bir qismi allaqachon qo‘lga olingan. Qolgan qochqinlarning shaxsi oshkor qilingan, ularni qidirish davom etmoqda.
Afrikadagi suv toshqinlari
G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi kuchli suv toshqinlari o‘n minglab binolarning vayron bo‘lishiga olib keldi. NEMA tabiiy ofatlar bilan kurashish agentligi so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Nigeriyada bir necha hafta davom etgan suv toshqinlari 386 ming kishining evakuatsiya qilinishiga va 229 nigeriyalikning o‘limiga sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
09:42 / 28.02.2026