Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
20 yoshli yigit boshqaruvidagi “Nexia-2” 19 yoshli yigit boshqaruvidagi “VAZ 2107” mashinasi bilan o‘zaro to‘qnashgan. Ularning har ikkisida ham haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch nafar yigit halok bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 17 sentabr kuni soat 03:15 larda sodir bo‘lgan.
2004 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit “Nexia-2”ni M-41 avtomobil yo‘lining Sariosiyo tumani, “Shabnam” MFY hududidan o‘tuvchi qismida boshqarib kelib, qarama-qarshi bo‘lakdan kelayotgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “VAZ-2107” bilan to‘qnashgan.
Hodisa joyidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, VAZ-2107 salonida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi (ular haydovchining sinfdoshlari bo‘lgan) vafot etgan.
Har ikkala mashinada bo‘lgan boshqa yo‘lovchilar tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Sariosiyo tuman IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:22 / 13.12.2025
Nohaq sudlangan surxondaryolik yolg‘iz onaning ishi qayta ko‘rib chiqiladi
10:20 / 12.12.2025
Surxondaryoda mashinasida 51 kg gashish olib ketayotgan shaxs ushlandi
12:41 / 05.12.2025
Surxondaryoda bank mutaxassisi 2 000 dollar va 1,3 mln so‘m olgan paytida ushlandi
01:01 / 16.11.2025