Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga og‘ir yo‘qotishlarni keltirib chiqaradigan xavfli patologiya emas, balki O‘RVI va gripp singari mavsumiy kasalliklar singari munosabatda bo‘lish vaqti kelgani ta’kidlanmoqda.

Koronavirusning yangi XEC shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi va salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
«Xalqaro ekspertlar xulosasiga ko‘ra, SOVID-19 XEC versiyasi «omikron» shtammining KS.1.1 hamda KP.3.3 variantlari kombinatsisi sifatida paydo bo‘lgan va ilk bor shu yil 15 iyunda Germaniyada aniqlangan. Hozirgacha u 27 mamlakatda ro‘yxatga olindi. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab «omikron» shtammining 10 ta versiyasi aylanib yuribdi. Mutaxassislar kelayotgan qish mavsumida XEC versiyasi dominant, ya’ni eng ko‘p qayd etiladigan variant bo‘lishini prognoz qilmoqda», dedi u.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu kasallik yengil va asoratsiz, aniqrog‘i O‘RVI va grippga xos belgilar bilan kechmoqda. Faqat ayrim farqli alomatlari bor: yengil nafas qisishi, davomli yo‘tal, ta’m va hid bilish qobiliyati qisman yo‘qolishi, holsizlik kabi simptomlar shular jumlasidan.
«Koronavirusga qarshi qo‘llanib kelinayotgan vaksinalar hozir aniqlanayotgan barcha shtammlar, xususan, XEC mutatsiyasiga nisbatan ham samara beradi va yangi emlash vositasini ishlab chiqarishga ehtiyoj yo‘q, deb ayta olamiz. Qolaversa, xalqaro tibbiy amaliyotda XEC shtammini yuqtirgan bemorlar asosan bir-ikki haftada to‘liq tuzalib ketishi kuzatilmoqda. Amaldagi davolash protokollari, muolaja usullari kutilganidek natija beryapti», dedi Otabekov.
Mutaxassis O‘zbekistonda XEC shtammi qayd etilmaganini, vaksinalar zaxirasi yetarli ekanini ma’lum qildi.
«Shu bois yurtimizda katta miqyosdagi epidemiya va pandemiyalar kuzatilishi ehtimoldan yiroq. Aholimizda mavjud bo‘lgan jamoaviy immunitet mazkur kasallik qo‘zg‘atuvchisini mamlakatimiz hududiga kirib kelib, juda keng ko‘lamda tarqalish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Ayni kungacha jahonda SARS-CoV-2 ning salkam 40 mingta mutatsiyasi qayd etilgan. O‘tgan davrda ulardan faqat 20 ga yaqini kasallik chaqirdi, xolos. Shu ma’noda, mutatsiyalardan vahima yasash kerak emas», dedi u.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, endi koronavirus infeksiyasiga og‘ir yo‘qotishlarni keltirib chiqaradigan xavfli patologiya emas, balki O‘RVI va gripp singari mavsumiy kasalliklar singari munosabatda bo‘lish vaqti keldi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bastakor Dilorom Omonullayeva vafot etdi
O‘zbekiston | 19:26
-
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 18:46
-
Istanbul meriyasining 30 nafardan ortiq xodimi hibsga olindi
Jahon | 18:39
-
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston | 18:24
Mavzuga oid

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

10:41 / 13.03.2025
Germaniya razvedkasi: COVID-19 pandemiyasi Xitoydagi sizib chiqish sababli yuzaga kelgan

17:46 / 27.02.2025