O‘zbekiston | 23:24 / 05.10.2024
9809
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila episentri Toshkentdan 226 kilometr janubi-g‘arbda, Payariq tumani hududiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Depositphotos

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 5 oktyabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 23:07 da zilzila sodir bo‘ldi. 

Episentr: Samarqand viloyati Payariq tumani. Zilzila koordinatalari: 40,31 gradus shimoliy kenglik; 66,84 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 226 kilometr janubi-g‘arbda.

Eslatib o‘tamiz, 9 sentabr kuni tongda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etilgandi.

Mavzuga oid