Jamiyat | 11:30 / 10.10.2024
1962
1 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot muassasasida 2,1 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Qarshi shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi markazi Qashqadaryo viloyati filialida 4 dona chiller sovitish tizimi elektr tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Qarshi shahridagi tibbiyot muassasasida to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. 

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Qarshi shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi markazi Qashqadaryo viloyati filialida 4 dona chiller sovitish tizimi (quvvati 612.6 kVt) elektr tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan.

Qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 2 mlrd 182 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid