Iqtisodiyot | 12:50 / 10.10.2024
5599
2 daqiqa o‘qiladi

Uzex Agro platformasi ishga tushirilmoqda

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ilg‘or birja mexanizmlari asosida zamonaviy agrokompleks faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi huzurida tashkil etilgan Agro Exchange MChJning quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:

  • aholi xo‘jaliklarida, shuningdek dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini erkin bozor narxlarida sotish imkonini beruvchi Uzex Agro elektron savdo maydonchasining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • platformaning texnik qo‘llab-quvvatlanishini va bozor tamoyillari asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni doimiy takomillashtirishni ta’minlash;
  • hududlarda qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yerlarni kengaytirish orqali zamonaviy agrokomplekslarni tashkil etish;
  • agrokomplekslar atrofida jozibador investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish.

 
2025 yil 1 yanvargacha platforma orqali mahsulot sotish uchun aholi, fermer va dehqon xo‘jaliklaridan vositachilik haqi olinmaydi.

Qaror bilan Uzex Agro elektron savdo maydonchasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • platformada savdo ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;
  • operator va platforma ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari;
  • e’lonlarni joylashtirish va savdolarni o‘tkazish tartibi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid