Hujjat bilan Özbekiston Respublika tovar-xomaşyo birjasi huzurida taşkil etilgan Agro Exchange MÇJning quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:

  • aholi xöjaliklarida, şuningdek dehqon va fermer xöjaliklarida yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini erkin bozor narxlarida sotiş imkonini beruvçi Uzex Agro elektron savdo maydonçasining uzluksiz işlaşini ta’minlaş;
  • platformaning texnik qöllab-quvvatlanişini va bozor tamoyillari asosida körsatilayotgan xizmatlarni doimiy takomillaştirişni ta’minlaş;
  • hududlarda qişloq xöjaligini yuritiş uçun möljallangan böş yerlarni kengaytiriş orqali zamonaviy agrokomplekslarni taşkil etiş;
  • agrokomplekslar atrofida jozibador investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş.

 
2025 yil 1 yanvargaça platforma orqali mahsulot sotiş uçun aholi, fermer va dehqon xöjaliklaridan vositaçilik haqi olinmaydi.

Qaror bilan Uzex Agro elektron savdo maydonçasida qişloq xöjaligi mahsulotlarini sotiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • platformada savdo iştirokçilarini röyxatdan ötkaziş tartibi;
  • operator va platforma iştirokçilarining huquq va majburiyatlari;
  • e’lonlarni joylaştiriş va savdolarni ötkaziş tartibi.