«Tolibon» O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi – OAV
«Tolibon» bozordagi konsertlarni taqiqlashni talab etgani va musiqa dasturlari davom etsa, Afg‘oniston fuqarolarini bozorga kiritmasligi haqida ogohlantirgani ta’kidlanmoqda.

Foto: independentpersian.com
Afg‘onistonning «Tolibon» hukumati vakillari O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida konsert va musiqa dasturlarini bekor qilishni so‘radi. Aks holda Afg‘oniston fuqarolari umumiy bozorga kiritilmaydi, deb xabar berdi Atlas Press.
«Termiz» chegara bozori yaqinda O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida ochilgan edi va Afg‘oniston fuqarolari unga 15 kungacha vizasiz kirishi mumkin.
Nashr manbalariga ko‘ra, toliblar bu bozorda konsert va musiqa dasturlari o‘tkazishga qarshi ekanligini, O‘zbekiston hukumatidan bunday dasturlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan. Qayd qilinishicha, avval bozorga kelganlar uchun musiqa dasturlari uyushtirilgan, o‘zbek san’atkorlari konsert bergan.
«Tolibon» bozordagi konsertlarni taqiqlashni talab etgan va musiqa dasturlari davom etsa, Afg‘oniston fuqarolarini bozorga kiritmasligi haqida ogohlantirgan.
Ta’kidlanishicha, «Tolibon» va O‘zbekiston vakillari bu borada rasman hech qanday ma’lumot bermagan. O‘zbekiston «Tolibon»ning bu talabini bajarishi yoki yo‘qligi ham noma’lum.
Nashrning qayd qilishicha, «Tolibon» o‘zining ziddiyatli qonunini Afg‘onistondan tashqarida ham amalga oshirishga intilayotgan ko‘rinadi. Yangi e’lon qilingan ushbu qonun musiqa chalish va tinglashni taqiqlashdan tashqari, afg‘on fuqarolari, ayniqsa ayollar uchun boshqa jiddiy cheklovlarni ham qo‘yadi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

18:19 / 31.03.2025
Rossiya bosh prokuraturasi «Tolibon» faoliyatiga ruxsat berishni so‘radi

00:00 / 31.03.2025
Afg‘oniston hukumati salkam 2,5 ming mahbusni afv etdi

16:25 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?

17:07 / 27.03.2025