Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Kuvaytga quruq mevalar eksporti hajmi oshiriladi
Mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi tomonidan Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Guliston shahrida kecha O‘zbekiston-Kuvayt biznes-forumi tashkil etildi.
Forumning ochilish qismida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev va Kuvayt Tashqi ishlar vazirligining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Ahmad al-Ilaj nutq so‘zladilar.
Shundan so‘ng, Sirdaryo viloyatiga sarmoya kiritish hamda sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti imkoniyatlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Kuvaytlik investorlar e’tiboriga Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar, hududdagi mavjud infratuzilma holati bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida G2B va B2B formatlarida muzokaralar uyushtirildi. Unda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Sirdaryo viloyatidan Kuvaytga dukkakli ekinlar, un, to‘qimachilik va farmatsevtika mahsulotlari, quruq mevalar eksporti hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
08:29 / 01.06.2026