Komil Allamjonov avtomobiliga o‘q uzishda gumonlanib yana uch kishi ushlandi
Bosh prokuratura matbuot xizmati Komil Allamjonovga uyushtirilgan qurolli hujum yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi. Idora buni «qotillikka suiqasd holati» deb baholagan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati Komil Allamjonovga uyushtirilgan qurolli hujum yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, jinoyatni sodir etishga aloqador bo‘lgan shaxslarning uch nafari ushlandi.
«Bosh prokuratura tomonidan Qibraydagi qotillikka suiqasd holati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘tkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador bo‘lgan shaxslarning yana uch nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi», deyiladi xabarda.
Bosh prokuratura 26 oktyabr kuni soat 1:40 atrofida Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Ifor ko‘chasida ikki noma’lum shaxs Prezident administratsiyasi sobiq xodimi Komil Allamjonovning Range Rover rusumli yo‘ltanlamas avtomobiliga o‘qotar quroldan bir necha marta o‘q uzib, voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar bergandi. Haydovchi va Allamjonov jabrlanmagan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
27 oktyabr kuni ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchilarning biri ushlangani xabar qilindi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Davlat departamenti Kongressni USAID tarqatib yuborilishi haqida xabardor qildi
Jahon | 00:27
-
AQSh harbiylar uchun miya implantlari ustida ish olib bormoqda
Jahon | 00:16
-
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi
Jamiyat | 23:27 / 28.03.2025
-
Ukraina armiyasi Belgorod oblastida bir necha aholi punktini egallagan: ko‘priklar portlatilmoqda
Jahon | 23:20 / 28.03.2025
Mavzuga oid

15:04 / 21.02.2025
Komil Allamjonovning yordamchilari Oliy sudda oqlandi

14:36 / 12.02.2025
«5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani o‘zimga, eng yaqinlarimga ayon» - Komil Allamjonov

14:16 / 12.02.2025
Prezident davlat xavfsizlik xizmati sobiq mulozimi Shuhrat Rasulov 23 yilga qamaldi

13:34 / 12.02.2025