Jamiyat | 19:16 / 31.10.2024
3846
1 daqiqa o‘qiladi

Bekobodda ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi

Ota 44, o‘g‘li esa 12 yoshda bo‘lgan. Tuman hokimi baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzdi.

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida is gazidan zaharlanish holati kuzatildi.

Baxtsiz hodisa tumanning Mustaqillik mahallasidagi xonadonlardan birida 18 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 1981 yilda tug‘ilgan D.T. hamda uning 2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘li F.I. vafot etgan.

2024 yil 28 oktyabr kuni Bekobod tumani hokimining baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlariga doir qarori qabul qilingan. Hujjat bilan baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan.

Avvalroq Nukus shahrida er-xotin va ularnikiga mehmonga kelgan yigit isitish qozonxonasi mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgandi.

Mavzuga oid