Toshkent viloyatida IIVning o‘q otish poligoni quriladi
Viloyat hokimi qarori bilan IIVga Parkent tumanidan doimiy foydalanish huquqi bilan 27 gektar yer ajratiladi.

Foto: Mudofaa vazirligi
Toshkent viloyati hokimining Parkent tumani «Chotqol» MFY hududidan Ichki ishlar vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan jami 27 gektar yer maydoni berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Mazkur yer maydonida Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy qismi uchun o‘q otish poligoni tashkil etiladi.
Buyurtmachi:
- Davlat xizmatlari markazi orqali arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqish uchun buyurtmalar beradi hamda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash uchun litsenziyaga ega loyiha tashkiloti bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuzadi;
- Loyihalash uchun yerosti muhandislik inshootlarining ijro surati tushirilgan 1:500 nisbatdagi topografik xarita va geologik xulosa ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega korxonaga buyurtma beradi.
Shuningdek, hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlari olib borilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil aprel oyida Namangan viloyati Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasi hududida Jazoni ijro etish departamentining o‘quv poligonini tashkil etish belgilangan edi. Poligonni 2025 yil 31 dekabrga qadar qurib bitirish topshirig‘i berilgan.
Mavzuga oid

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16:25 / 20.03.2025
Milliy tibbiyot markazida komadagi bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazildi

20:30 / 18.03.2025
Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES quriladi

09:13 / 17.03.2025