Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kemada yong‘in chiqdi
Yong‘in oqibatida bir nafar ekipaj a’zosi jarohat olgan, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Yaponiya janubi-g‘arbida harbiy kemada yuz bergan yong‘in oqibatida bir nafar ekipaj a’zosi jarohat oldi, yana bir kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi Reuters.
«Ukushima» minadan tozalovchi kemasi Kyusyu oroli sohili yaqinidan suzib o‘tayotganida, soat 09:40 larda yong‘in sodir bo‘lgan. Bir nafar ekipaj a’zosi tutundan zaharlanish tufayli shifoxonaga yotqizilgan, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan», — deyiladi xabarda.
Yaponiya o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari shtab boshlig‘i Akira Saytoning ma’lum qilishicha, barcha ekipaj a’zolari, bedarak yo‘qolgandan tashqari, boshqa kemaga evakuatsiya qilingan. Hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda.
Uning ta’kidlashicha, yong‘in kemaning mashina bo‘lmasida yuzaga kelgan, portlash ovozlari ham eshitilgan, ammo hozircha yong‘in sababi aniqlanmagan. Holat yuzasidan tergov boshlangan va bedarak yo‘qolgan shaxs qidirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Rossiyaning yadroviy energiya qurilmasiga ega konteyner kemasida yong‘in sodir bo‘lgandi. Undan oldin esa Niderlandiya yaqinida bortida 3 ming avtomobil bo‘lgan kema yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026