O‘zbekiston | 12:38 / 11.11.2024
3967
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: "Dunyo" AA

Rasmiy marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

2025 yilda rejalashtirilgan muhim tadbirlarni o‘tkazishda elchining rolini va ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi doimiy muloqotni yanada jadallashtirish lozimligiga urg‘u qaratildi.

Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekiston elchisiga o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

O‘zbekiston elchisi Alisher Abdusalomov 29 avgust kuni Koreya Respublikasi poytaxtiga tashrif buyurgan edi. U 1995 yildan 2024 yilgacha qisqa tanaffus bilan O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Vitaliy Fen o‘rniga tayinlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid