Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
U 12 dyuymdan 18 dyuymgacha cho‘ziladi va 100 ppi piksel zichligini va to‘liq RGB rang xususiyatini saqlab qoladi.
Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi egiluvchan displey texnologiyasining yangi bosqichi bilan faxrlanib, 50 foizga kengayadigan va 10 ming martadan ortiq cho‘zilishga bardosh beradigan ekranni namoyish qildi. Bu haqda Gizmochina yozdi.
2022 yilda taqdim etilgan avvalgi model 12 dyuymdan 14 dyuymgacha cho‘ziluvchan edi. Yangisi 18 dyuymgacha cho‘ziladi va 100 ppi piksel zichligini va to‘liq RGB rang xususiyatini saqlab qoladi.
LG o‘z ixtirosini «Ilg‘or displey texnologiyasi» deb atamoqda. Hozirgi egiluvchan ekranlardan farqli o‘laroq, yangi displey shaklini o‘zgartirishi, buklanishi, cho‘zilishi va turli shaklni olishi mumkin. Kelajakda bunday texnologiya, masalan, aqlli soatlarda yoki hatto kiyimda ham qo‘llanilishi mumkin.
Bunday displeylar o‘zining noyob cho‘ziluvchanligiga qo‘shimcha ravishda yupqa, yengil va 10 ming martagacha cho‘zilishga bardosh bera oladi. Hozir texnologiyaning bozorga chiqarilish sanasi aniqlanmagan, biroq LG uni yaqin bir necha yil ichida tijorat maqsadlarida foydalanish uchun taqdim etilishini kutmoqda.
Mavzuga oid
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
12:36 / 14.11.2025
Qamchiq va Darband dovonlarida qatnaydigan tezyurar poyezdlar Janubiy Koreyadan xarid qilinadi
18:21 / 10.11.2025