Jamiyat | 20:02 / 18.11.2024
2631
2 daqiqa o‘qiladi

Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Ushbu shaxs uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida viza olib berish evaziga 12 ming dollar olganida qo‘lga tushgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Toshkentda uch kishini Angliyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan pul olgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida S.U. ismli shaxs fuqaro D.N. va boshqalarning ishonchiga kirib, uch nafar fuqaroni tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborish hamda viza olib berishi evaziga 12 ming AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olingan edi. Shuningdek, Namangan va Samarqandda AQShga ishga yuborishni va’da qilib, 5 hamda 18 ming dollardan pul olgan shaxslar ushlangandi.

 

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid