Plastik bo‘yicha global kelishuv haqidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi
170 dan ortiq davlat vakillari plastik chiqindilar muammosini hal qilish uchun Janubiy Koreyada bir hafta davomida uchrashdi. U muvaffaqiyatsiz tugadi.

Foto: Ahn Young-joon/AP/dpa/picture alliance
1 dekabr, yakshanba kuni Janubiy Koreyaning Pusan shahrida 170 dan ortiq davlat vakillari o‘rtasida plastik ifloslanishga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuv tuzish haqida muzokaralar yakunlandi. Kelishuvga erishilmadi, ammo muzokaralarni kelasi yilda davom ettirishga qaror qilindi.
Germaniya atrof-muhit federal vaziri Shteffi Lemke bir qator davlatlar tomonidan global kelishuvga qarshilik ko‘rsatilishini falokatli deb atadi. «Hech bo‘lmaganda, Pusanda bir narsa aniq bo‘ldi: ko‘pchilik mamlakatlar samarali kelishuvga erishmoqchi. Va bu guruh o‘sib bormoqda», dedi u.
1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy yalpi majlisda bir qancha tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Panama tomonidan taklif etilgan va 100 ga yaqin davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan eng ommaboplari butun dunyo bo‘ylab plastik mahsulotlar ishlab chiqarishni qisqartirish uchun sharoit yaratishga qaratilgan. Muzokaralardagi to‘siqlarga plastiklarga cheklovlar, tashvishli kimyoviy moddalarni tartibga solish va rivojlanayotgan mamlakatlarga shartnomani amalga oshirishda yordam berish uchun mablag‘ ajratish aylandi.
Yillik plastik ishlab chiqarish — 500 million tonnaga yaqin
25 noyabrdan 1 dekabrgacha bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YuNEP) shafeligidagi sessiyadan ko‘zlangan maqsad hujjat matnini yakunlash va tasdiqlashdan iborat edi. «Dunyomiz plastik chiqindilarga g‘arq bo‘lmoqda. Har yili biz 460 million tonna plastmassa ishlab chiqaramiz, ularning katta qismi tezda chiqindiga aylanadi», — dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ochilish marosimida ishtirokchilarga yo‘llagan videomurojaatida. U shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Guterrish, shuningdek, kelishuv plastikning butun hayotiy siklini, jumladan, bir martalik mahsulotlardan foydalanishni qisqartirish, chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish va muqobil materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlarni qamrab olishi kerakligini ta’kidladi. Bundan tashqari, shartnoma barcha mamlakatlarning zamonaviy texnologiyalardan foydalanishini ta’minlashi, quruqlik va dengiz muhiti sifatini yaxshilash, zaif jamoalarni, shu jumladan chiqindilarni yig‘ish orqali pul ishlayotganlarni himoya qilishi kerak.
2050 yilga borib plastik ishlab chiqarish 3 baravarga oshadi. Olimlar inson tanasida va atrof-muhitda, jumladan oziq-ovqat, suv va havoda ko‘proq mikroplastmassalarni topishda davom etmoqdalar.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi
Jahon | 17:34
-
O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 17:32
-
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi
O‘zbekiston | 16:59
-
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Jamiyat | 16:34
Mavzuga oid

01:40 / 08.04.2025
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi

16:56 / 12.02.2025
Buyuk Britaniyada olti yoshli bola sayyorani qutqarish uchun 2,5 mingta plastik yig‘di

00:06 / 25.11.2024
Yaponiyalik olimlar dengiz suvida parchalanuvchi plastik materialni ixtiro qildi

18:19 / 18.10.2024