Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.
Farg‘ona shahrida ko‘p miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Nazorat tadbirlaridan birida shaharning "Shakarqishloq" MFYda joylashgan issiqxona tekshirilgan. Tadbirkor hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, undan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 1,6 milliard so‘mlik zarar aniqlandi.
To‘plangan barcha hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
08:25 / 02.07.2026
714 tup kannabis yetishtirilgan issiqxona aniqlandi
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
22:31 / 05.05.2026