Konibodomda yana to‘rt kishining jasadi topildi
Rasmiylar qotilliklar haqida hamon sukut saqlamoqda, mahalliy aholi esa vahima ichida.

Foto: Asia-Plus
15 dekabrdan 16 dekabrga o‘tar kechasi Tojikistonning Konibodom shahri, Xisorak (sobiq Qo‘rg‘oncha) qishlog‘ida zo‘ravonlik belgilari bilan yana to‘rt kishining jasadi topildi. Bu shaharda so‘nggi bir hafta ichida sodir bo‘lgan ikkinchi holat. Rasmiylar sukut saqlamoqda, bu esa mahalliy aholini xavotirga solmoqda, deb xabar berdi Asia-Plus. Halok bo‘lganlar ikki erkak va ikki ayol ekani ta’kidlanmoqda.
O‘lganlar orasida G‘aybullo Majidov (35 yosh) va uning rafiqasi Zarnigor (28 yosh) bor. Ularning uch farzandi yetim qoldi. Boshqa qurbonlar - 70 yoshli Oysha Shokirova va uning o‘g‘li Javlon Shokirov (44 yosh). Voqea sodir bo‘lgan vaqtda ularning uyida yana kimdir bo‘lgani noma’lum.
Qayd qilinishicha, rasmiylar Xisorakda to‘rtta jasad topilgani haqida hech qanday izoh bermagan. So‘g‘d IIB, Konibodom shahar IIB va respublika IIV matbuot xizmati tahririyatning ko‘p sonli qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.
Bu Konibodomda bir hafta ichida sodir bo‘lgan ikkinchi qotillikdir. Avvalroq aynan shu shaharda Ne’matovlar oilasining olti nafar a’zosi, jumladan, to‘rt nafar bolaning jasadi topilgan edi. Oila boshlig‘i 37 yoshli Naimjon Ne’matovning jasadi uyning bog‘idagi daraxtga osilgan holda topildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, uning tanasida kaltaklanish izlari bo‘lgan.
Uydan oilaning boshqa a’zolari – Naimjonning rafiqasi, 33 yoshli Nafisa va ularning farzandlari – 13 yoshli Amina, 10 yoshli Fotima va Zuhra hamda ikki yoshli Muhammadyusufning jasadlari topilgan. Bu haqda ham rasmiylar izoh berishdan o‘zini tiygan.
Shu yilning aprel oyidan beri Konibodomda kamida beshta oilaviy qotillik sodir etilgani haqidagi xabarlar shahar aholisini qo‘rquvga solmoqda, deb ta’kidladi nashr. Jinoyat sabablari noma’lumligicha qolmoqda va ularning bir-biriga aloqadorligi noma’lum. Faqat avgust oyida Tojikiston Ichki ishlar vazirligi ushbu holatlar yuzasidan izoh berdi. Ta’kidlanishicha, Konibodom shahrida to‘rtta oilaviy qotillik qayd etilgan, ulardan ikkitasi maishiy nizolar bilan bog‘liq bo‘lgan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olinib, jinoyat ishlari sudga o‘tkazilgan.
O‘tgan hafta Tojikiston sudlari ikki kishini ushbu jinoyatlarda ishtirok etgani uchun jazoga hukm qildi. Jumladan, Marat Sattorov umrbod, Sharifjon Shoyev esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi
O‘zbekiston | 15:54
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
Mavzuga oid

16:58 / 13.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolaydi

16:40 / 13.03.2025
Tojikiston va Qirg‘iziston chegara bo‘yicha shartnoma imzoladi, aviaqatnovlarni tiklashga kelishdi

18:01 / 12.03.2025
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara ochiladi

20:37 / 10.03.2025