Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
Shavkat Mirziyoyev Magdeburg shahrida yuz bergan fojia oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Germaniya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning Magdeburg shahrida yuz bergan fojia oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan prezident Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez orada shifo topishini tiladi.
20 dekabr kuni Magdeburgdagi rojdestvo bozoriga tashrif buyuruvchilar ustiga katta tezlikda mashina haydalishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq inson jarohat oldi.
Welt gazetasining yozishicha, hujum qilgan shaxs 1974 yilda tug‘ilgan erkakdir. U - Saudiya Arabistonidan 2006 yilda Germaniyaga kelgan shifokor.
Der Spiegel haftaligi 50 yoshli gumonlanuvchi Taleb A. psixiatr va psixoterapevt ekanini aniqladi. Frankfurter Rundschau gazetasi u haqida 2019 yilning mart oyida shunday yozgan: «Tolib al-Abdulmohsen 2006 yildan beri Germaniyada yashaydi. U Germaniyaga psixoterapevt sifatida malaka oshirish uchun tashrif buyuruvchi shifokor sifatida kelgan va keyin bu yerdan boshpana so‘ragan. 44 yoshli erkak siyosiy qochqin maqomiga ega».
Tavsiya etamiz
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Mavzuga oid

08:42 / 26.03.2025
Shols hukumati rasman iste’foga chiqdi

09:10 / 25.03.2025
Pasportini o‘g‘irlatgan germaniyalik yigit to‘rt yildan beri ishga joylasha olmayapti

11:30 / 24.03.2025
O‘smirlarda internetga qaramlik giyohvand moddalarga qaramlik bilan tenglashtirildi

21:28 / 22.03.2025