Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: RF Yaponiya va Janubiy Koreyadagi AESga zarbalarga tayyorlangan
Rossiya harbiylari Yaponiya va Janubiy Koreyaga zarba berish uchun mo‘ljallangan nishonlarning batafsil ro‘yxatini tayyorlagan, deb yozadi Financial Times oshkor qilingan hujjatlarga tayanib. Bu nishonlarga atom elektr stansiyalari va boshqa fuqarolik infratuzilmasi kiritilgan.
Rossiya harbiylari Yaponiya va Janubiy Koreyaga ushbu davlatlar bilan ehtimoliy urush holatida zarba berish uchun mo‘ljallangan nishonlarning batafsil ro‘yxatini tayyorlagan. Bu haqda Financial Times gazetasi 31 dekabr, seshanba kuni Rossiya armiyasining 2013-2014 yillarga oid oshkor etilgan maxfiy hujjatlariga tayanib yozdi. Ularni jurnalistlarga G‘arb manbalari nomini oshkor etmagan holda ko‘rsatishgan.
Ushbu hujjatlar Yaponiya va Janubiy Koreyadagi yo‘llar, ko‘priklar, sanoat korxonalari va boshqa fuqarolik infratuzilmasi, jumladan, atom elektr stansiyalari (AES) kabi 160 ta obektga tegishli. Ularga potensial zarba berishdan maqsad «operativ hududlarda qo‘shinlarning qayta to‘planishi»ning oldini olish ekani aytilmoqda.
«Rossiya harbiy rejachilari NATO bilan har qanday urush yuz bergan taqdirda mamlakatning sharqiy chegaralari himoyasiz qolishidan va Qo‘shma Shtatlar va uning mintaqaviy ittifoqchilari hujumiga duchor bo‘lishidan xavfsiragan», deb ta’kidlaydi Financial Times.
Sizdirilgan hujjatlarda yana nima deyilgan
FT tayangan fayllar Rossiya armiyasidan sizdirilgan 29 ta maxfiy hujjatlar katta paketining bir qismi bo‘lib, ular, nashrning yozishicha, «asosan ofitserlarni sharqiy chegarada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroga tayyorlashga bag‘ishlangan». Ular 2008-2014 yillarga to‘g‘ri keladi, ammo mazmuni »hali ham Rossiya strategiyasiga tegishli», deb ta’kidlaydi gazeta.
Financial Times avvalroq ushbu hujjatlardan chiqarish mumkin bo‘lgan boshqa xulosalar, xususan, Rossiyaning taktik yadro qurolidan foydalanish chegarasi Moskva tan olganidan pastroq ekanligi va Rossiya dengiz floti shunday vaziyatda Yevropaga yadroviy zarbalar berishga tayyorlangani haqida yozgan edi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026