Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga 500 mln dollarlik harbiy yordam paketi ajratadi
Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ramshtayn bazasida o‘tkazilgan uchrashuvda AQShning Ukrainaga ajratadigan yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Bu Jo Bayden administratsiyasi tomonidan Kiyevga taqdim etiladigan so‘nggi yordam bo‘ladi.
Pentagon rahbari Lloyd Ostin Germaniyadagi Ramshtayn bazasida o‘tkazilgan uchrashuvda AQSh Ukrainaga 500 million dollar miqdorida harbiy yordam yo‘naltirishini ma’lum qildi.
Harbiy yordam paketi «Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun qo‘shimcha raketalar, ko‘proq snaryadlar, «havo-yer» sinfidagi o‘q-dorilar hamda mamlakatdagi F-16 samolyotlarini qo‘llab-quvvatlashda kerak bo‘ladigan boshqa jihozlarni o‘z ichiga oladi».
Harbiy yordam Presidential Drawdown Authority (PDA) tarmog‘i orqali yo‘naltiriladi, bu — AQSh hukumatiga Kiyevga qurollarni Amerika armiyasi zaxiralaridan olish imkonini beradi.
Avvalroq Associated Press Oq uy 9 yanvar kuni Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishi to‘g‘risida xabar bergandi. Ushbu paket Jo Bayden administratsiyasining so‘nggi yordami bo‘lishi aytilgan. Manbalar mazkur yordam paketi «sezilarli darajada katta» bo‘lishiga qaramay, AQSh Kongressi Ukrainaga ajratish uchun ma’qullagan 4 milliard dollarning hammasini o‘z ichiga olmasligini ta’kidlagandi.
Jo Bayden administratsiyasi RF qo‘shinlari Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlaganidan beri Kiyevga 63,5 milliard dollardan ortiq yordam ajratdi. Bayden administratsiyasi so‘nggi haftalarda Donald Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng Kongress tomonidan Kiyevga ajratilgan va shu vaqtgacha sarflanmagan mablag‘larni o‘tkazishdan bosh tortishi mumkinligidan xavotirlanib, Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni tezlashtirdi. Xususan, dekabr oxirida Jo Bayden Ukrainaga jami 2,5 milliard dollar hajmidagi harbiy yordam paketi haqida e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026