Jammu va Kashmirda strategik muhim tunnel foydalanishga topshirildi
Uzunligi 6,5 kilometrga yetadigan tunnelning qiymati 313 mln dollarni tashkil etdi. Tunnel Xitoy bilan chegara yaqinida joylashgan mintaqaning mudofaa ehtiyojlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Foto: Getty Images
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Jammu va Kashmirda qurilgan yangi tunnelning ochilishiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi NDTV. Ushbu tunnel mintaqani avtotransportlar harakati uchun qulayroq qilishi kutilmoqda.
Tunnelning qiymati 313 million dollarni tashkil etgan. Uzunligi 6,5 kilometrga yetadigan tunnel Shrinagar-Leh shossesida joylashgan. Qurilish ishlari 2015 yilda boshlangan edi. Tunnel Xitoy bilan chegara yaqinida joylashgan Ladakha mintaqasining mudofaa ehtiyojlari nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. U, shuningdek, Jammu va Kashmirni mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘lab turadi.
Loyihani nazorat qilgan Avtomagistrallar va infratuzilmalarni rivojlantirish milliy korporatsiyasi ushbu tunnelni «muhandislik mo‘jizasi» deb atagan. Ochilish marosimida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan: hududga politsiya va harbiylar joylashtirilgan, shuningdek, muhim chorrahalarga bir nechta nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rnatilgan.
2020 yil iyunda tog‘li Sharqiy Ladakha hududida Xitoy va Hindiston harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgandi. O‘shanda 20 nafar hind harbiysi halok bo‘lgan, natijada ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan.
Avvalroq Kashmirdagi yangi temiryo‘l ko‘prigi Hindistondagi vaziyatni o‘zgartirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Hind temiryo‘llariga Jammu shtatidagi Chenab daryosi ustidan o‘tgan ushbu ko‘prik qurilishini yakunlashga 20 yil kerak bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari
Jahon | 13:53
-
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi
Jahon | 13:44
-
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 13:42
-
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»
Jahon | 13:16
Mavzuga oid

17:07 / 06.06.2025
Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi

17:40 / 13.05.2025
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi

20:54 / 12.05.2025
Hindiston Pokistonga zarba berishni to‘xtatdi – Modi

11:19 / 25.04.2025