O‘zbekiston | 16:03 / 19.01.2025
2431
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda o‘qish maqsadida xorijga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

Eng ko‘p odam tahsil olish uchun Tojikistonga borgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar–dekabr oylarida jami 35,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.

O‘tgan yilda o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Tojikiston – 12 809 nafar;
  • Rossiya – 8 629 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi – 3 953 nafar;
  • Turkiya – 2 711 nafar;
  • Koreya Respublikasi – 2 077 nafar;
  • Qozog‘iston – 1 589 nafar;
  • Buyuk Britaniya – 792 nafar;
  • Xitoy – 767 nafar;
  • AQSh – 576 nafar;
  • BAA – 390 nafar;
  • Boshqa davlatlar – 1 602 nafar.
Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid