Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
Somali Federativ Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 157-davlatga aylandi.
Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar berdi «Dunyo».
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Somalining BMTdagi doimiy vakili Abukar Dahir Usmon imzolagan. Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan institutlari doirasida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanini tasdiqlagan.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Ta’kidlanishicha, Somali Federativ Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 157-davlatga aylandi.
O‘zbekiston 2024 yilda Afrika, Amerika va Yevropaning 12 ta davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.
Mavzuga oid
08:17 / 25.05.2026
Afrikadagi eng baland osmono‘par bino qurilishi yakunlanmoqda
10:59 / 09.05.2026
Urush ichidagi davlat: Malida nimalar bo‘lmoqda?
23:21 / 24.04.2026
Fillar to‘dasi amerikalik millioner-ovchini toptab o‘ldirdi
07:33 / 21.04.2026