Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Bahrom Raupovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Surkhon Sandwich mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Bahrom Raupov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
O‘zbekiston prezidenti "B.Raupovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Surkhon Sandwich mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Bahrom Raupov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Unga orden mamlakatda tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zining izlanuvchanligi va ishbilarmonligi bilan sohaga ilg‘or tashabbus va innovatsion g‘oyalarni samarali tatbiq etib kelayotgani, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida ko‘pchilikka ibrat va namuna bo‘layotgani, hududda iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun berildi.
Bundan avval prezident Shavkat Mirziyoyev 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida surxondaryolik tadbirkor Bahrom Raupov faoliyatini yuqori baholagandi.
Mavzuga oid
09:24 / 20.06.2026
Zelenskiy Polshaning eng oliy ordenidan mahrum etildi
11:38 / 30.08.2025
Marhum Rustam Qosimov orden bilan taqdirlandi
13:08 / 05.08.2025
O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston ordeni bilan mukofotlandi
17:10 / 13.03.2025