Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Soyali sayr ko‘chalari» tarmog‘i yaratiladi
2025 yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish choralari ko‘riladi.
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2025 yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida quyidagilar ta’minlanadi:
- aholi uchun barpo etilayotgan piyodalar va alohida velosiped yo‘laklari bo‘yida daraxtlar va o‘simliklarni ekish orqali «Soyali sayr ko‘chalari» tarmog‘i yaratilishi, sohil va daryo bo‘ylarida 80 ta infratuzilma obekti va 110 kilometrdan ortiq sog‘lomlashtirish yo‘laklari qurilishi;
- «Yashil makon» umummilliy loyihasi va «Mening bog‘im» loyihasi doirasida 200 million tup daraxt hamda butalar ekilishi, «yashil bog‘lar» va «yashil jamoat parklari»da quyosh panellari yordamida quvvatlanuvchi yoritgichlardan foydalanilishi;
- Orol dengizi tubida 100 ming gektar «yashil maydon» barpo etilishi va Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlar 2,1 million gektarga yetkazilishi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining tanlangan hududlarida sho‘r va suvsizlikka chidamli o‘simliklar (galofit) bog‘lari tashkil etilishi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida davlat «in-vitro» laboratoriyalari tashkil etilishi;
- jamoatchilik, ekofaollar va biznes vakillarining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash akseleratsiya tizimi joriy etilishi va boshqalar.
Mavzuga oid
12:08 / 26.02.2026
Yangi strategiya: O‘zbekistonning 5 yillik maqsadlari
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
14:17 / 21.01.2026
O‘zbekiston 2030 yilgacha 20 mln sayyohni qabul qilishni rejalashtirmoqda
20:35 / 08.09.2025