Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi
Tumanga 2023 yil oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Muxtor Hayitmurodov o‘rnini G‘olib Murodov egalladi. U bungacha «Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta’minoti filiali direktori lavozimida edi.
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Bugun xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada deputatlar G‘olib Ne’matovich Murodovni Muborak tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
G‘olib Murodov 1981 yil Mirishkor tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u «Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta’minoti filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Muborak tumaniga 2023 yil oktyabridan buyon Muxtor Hayitmurodov hokimlik qilib kelayotgandi. Uning iste’fosi sababi ma’lum qilinmagan.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025