Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Grenell Rossiyadan gaz bo‘yicha maxfiy muzokaralarga jalb etilgan
Shveytsariyada bir necha haftadan beri Rossiyadan Germaniyaga gaz kelishi haqida maxfiy muzokaralar olib borilmoqda, deb yozadi Bild. Richard Grenell Shveytsariyaga bir necha bor norasmiy tashrif buyurgan, deb yozadi nashr.
Shveytsariyada bir necha haftadan buyon arzon rus gazi Germaniyaga yana oqib kelishi haqida maxfiy muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda 2 mart, yakshanba kuni Bild gazetasi xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidentining maxsus vakili Richard Grenell kelishuvni muhokama qilish uchun Shveytsariyaga bir necha norasmiy tashrif buyurgan. «Shimoliy oqim 2» gaz quvurini boshqaruvchi kompaniyaning bosh qarorgohi Shveytsariyaning Tsug kantonidagi Shtaynxauzenda joylashgan.
G‘oya Vashington va Moskva o‘rtasida AQSh vositachi bo‘lib Rossiya gazini «Shimoliy oqim 2» quvuri orqali Meklenburg-Old Pomeraniyaga yo‘naltirish bo‘yicha ta’minot shartnomasini tuzishdan iborat. Shunday qilib, AQSh ta’minotni tartibga soladi va pul ishlab topadi, deya ta’kidlaydi gazeta.
Bild: AQSh ma’muriyati shartnomada bevosita ishtirok etmaydi
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita «Shimoliy oqim 1» quvuri bo‘yicha ham rejalar mavjud. Ta’mirlash va qayta tiklashdan so‘ng ular Finlandiyadan vodorodni tashish uchun ishlatilishi mumkin.
AQSh ma’muriyati kelishuvda bevosita ishtirok etmaydi. Buning o‘rniga tadbirkor Stiven Linch kabi amerikalik moliyaviy investorlar qo‘shiladi, deb yozadi Bild.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026