Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi
AQSh prezidenti Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiyga maktub yo‘llab, yadroviy dastur masalasida muzokaralar o‘tkazish taklifini bildirdi.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiyga maktub yo‘llab, Eron yadroviy dasturi masalasida muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi. Oq uy rahbari Tehron Vashington bilan muzokaralarga borishiga umid bildirgan.
«Payshanba kuni Eron yetakchisiga maktub yo‘lladim, Eron bilan bitim tuzishni yaxshiroq deb bilaman. U muzokaralar olib borishiga umid bildirishimni, chunki bu Eron uchun ancha yaxshi bo‘lishini aytdim», — deydi Tramp Fox Business telekanaliga bergan intervyusida.
Shuningdek, u Eron tomoni «bunday maktub olishni xohlagan bo‘lardi» dedi. Donald Tramp yana bir bor «Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerakligini» qayd etdi.
Bloomberg 12 fevral kuni Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda undan AQSh va Eron muzokaralarida vositachilik qilishni so‘ragani haqida yozgandi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mavzuni Rossiya va AQSh delegatsiyalari 18 fevralda Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan uchrashuvda ham muhokama qilgan. Ta’kidlanishicha, Rossiya vositachilik qilishga rozi bo‘lgan va Vashington Tehron bilan uning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishishga qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Ismoil Bekayi Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya yadroviy muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

19:35 / 25.03.2025
Tramp ma’muriyatidagilar maxfiy harbiy ma’lumotlar sizib ketishiga yo‘l qo‘yib berdi

22:41 / 24.03.2025
Eron yangi bitim talab qilmoqda. Eskisi qanaqa edi?

21:28 / 24.03.2025
Tramp Jon Kennedi qotilida «yordamchilar bo‘lganini» aytdi

17:42 / 24.03.2025