Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi
Tegishli memorandum YeI bilan Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi tomonidan imzolandi.
Yevropa Ittifoqi Tojikistonning Qirg‘iziston bilan chegaradosh So‘g‘d viloyatidagi obektlar qurilishi uchun 3 million yevro ajratdi. Xususan, tabiiy ofatlar yuz berganda boshpana qurish rejalashtirilgan. Tegishli memorandum Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi tomonidan imzolandi.
«Bu favqulodda vaziyatlarga tezkorlik bilan munosabatda bo‘lish, jabrlangan aholiga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish va hatto ehtimoliy qochqinlarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash imkonini beradi», deyiladi bayonotda.
Shuningdek, ikkita sport maydonchasi qurish ham rejalashtirilgan. Obektlar Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon topshirig‘iga asosan «Tojikiston-Qirg‘iziston chegara hududlarida barqarorlikni mustahkamlash tashabbusi (ISECA)» loyihasi doirasida quriladi.
2024 yil dekabr oyida Qirg‘izistonning Botken shahrida Tojikiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari raislarining davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Tomonlar kelishuvga erishdi va chegaraning bahsli uchastkalari tavsifini yakunladi.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi qariyb 1000 km uzunlikdagi chegara vaqti-vaqti bilan to‘qnashuv zonasiga aylanib qoladi. 2022 yil sentabrida Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida mojaro kelib chiqqan va 59 kishi halok bo‘lgan edi. Keyinroq tomonlar chegarani birgalikda qo‘riqlash, mojaro hududidagi yo‘lni to‘sib qo‘yishga kelishib, tinchlik o‘rnatish to‘g‘risidagi protokolni imzoladi.
Mavzuga oid
20:05 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi
11:05 / 16.06.2026
Kallas: g‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trln yevroga tushdi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
20:00 / 09.06.2026