AQSh Rossiya bank sektori va neftiga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi
Donald Tramp Jo Bayden davrida kiritilgan Rossiya banklari, neft va gaziga nisbatan sanksiyalar rejimidan voz kechish muddatini uzaytirmaydi.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi urush tufayli bank va neft-gaz sohalarida Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish muddatini uzaytirmoqchi emas. Shu tariqa, Moskvaga nisbatan sanksiyalar rejimi haqiqatda ham kuchaytiriladi, deb xabar berdi CBS 13 mart, payshanba kuni Tramp ma’muriyatining rejalari bilan tanish bo‘lgan to‘rt manbaga tayanib.
Ma’lumot shuni ko‘rsatadiki, AQSh Moliya vazirligi 2025 yil yanvar oyida Bayden ma’muriyati tomonidan sanksiyalangan Rossiya banklari ishtirokidagi ba’zi energetika operatsiyalarini davom ettirishga imkon bergan 60 kunlik voz kechish muddatini uzaytirmagan. Xususan, Vneshekonombank, «Otkrytiye» banki, Sovkombank, Sberbank, VTB banki, Alfa-Bank, Rossiya Markaziy banki va boshqalarga cheklovlar qo‘yildi. Ularning barchasi energetika tranzaksiyalarini amalga oshirish uchun Amerika to‘lov tizimlaridan foydalanishi bloklanadi.
Fox News telekanalining Oq uydagi muxbiri Edvard Lourens o‘zining X akkauntida manbaga tayanib, yangi cheklov choralari tufayli Yevropaning hech bir davlati Rossiyadan AQSh sanksiyalari ostida qolish xavfisiz neft sotib ololmasligini yozdi. «Bu harakatdan xabardor manbaning aytishicha, ma’muriyat Ukrainadagi janglarni to‘xtatish va urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga e’tibor qaratgan. Qo‘shma Shtatlar bu maqsadga erishish uchun asosiy dastak bo‘lib qoladigan sanksiyalardan foydalanishda davom etadi», — deya tushuntirdi u.
Rubio: Yevropa Ittifoqi sanksiyalari Ukraina bo‘yicha muzokaralar mavzusi bo‘lishi mumkin
Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari masalasi AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifi yuzasidan Moskva bilan muzokaralarda muhim rol o‘ynashi mumkin. AQSh davlat kotibi Marko Rubio 12 mart kuni jurnalistlar bilan suhbatda shunday fikr bildirdi. Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari jarayoniga yevropalik sheriklarni jalb qilish imkoniyati va Vashingtonning bunga munosabati haqidagi savolga Rubio shunday javob berdi: «O‘ylaymanki, bayonotda (Amerika va Ukraina delegatsiyalarining Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan muzokaralaridan so‘ng) ular (ukrainaliklar) yevropaliklarni jalb qilish zarurligi masalasini ko‘targan deb o‘ylayman. Va men ishonamanki, rossiyaliklar bilan har qanday muzokaralarda — agar biz ularga yetib borsak, (ruslar) ularga qarshi qo‘yilgan Yevropa sanksiyalari masalasini ko‘taradi».
«Shunday ekan, menimcha, Ukrainada tinchlik bo‘lishi uchun bu jarayon yakunida yevropaliklar sanksiyalar bo‘yicha nima qilishlari va hokazo haqida qandaydir qaror qabul qilishlari kerak. Shuning uchun menimcha, ular bu borada mutlaqo (tinchlik muzokaralari jarayonida) ishtirok etishlari kerak», deb tushuntirdi AQSh Davlat departamenti rahbari.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti
O‘zbekiston | 17:00
-
Apple super-premium iPhone 17 Ultra smartfonini chiqaradi
Fan-texnika | 16:59
-
Andijon xalqaro aeroportida aerodrom rekonstruksiyasining birinchi bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston | 16:16
-
O‘zbekiston Rossiya bilan JSTga a’zolik yo‘lidagi “hal etilmagan masalalar”ni muhokama qildi
Iqtisodiyot | 16:14
Mavzuga oid

14:34
Xitoy, Rossiya va Eron barcha noqonuniy sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

13:43
JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi

12:45
Germaniya: Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni «kechiktirish taktikasini» qo‘llamoqda

10:21