Oliy Rada Uitkoffni Ukraina muzokaralaridan chetlatishga chaqirdi
Ukrainalik deputat Stiven Uitkoff bayonotlarini «sharmandali va hayratlanarli» deb atadi.

Foto: AP
Oliy Radaning tashqi siyosat va parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi rahbari Oleksandr Merejko AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoffni Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishdan chetlatishni talab qildi. Bu haqda «Strana» yozdi.
Ukrainalik deputat amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusidagi Uitkoff bayonotlarini «sharmandali va hayratlanarli» deb atadi.
«Gap bu masalada professional bo‘lishi va ba’zi asosiy narsalarni bilishi kerak bo‘lgan prezident vakili haqida bormoqda. U buni bilmaydi. U kimning vakili? Trampning vakilimi yo Putinning? U rus propagandasini takrorlamoqda», deb izoh berdi Merejko Uitkoffning so‘zlariga.
Ukrainalik deputatga ko‘ra, Tramp o‘z maxsus vakilining bayonotlarini rad qilishi kerak, chunki «ular AQSh siyosatiga zid».
Karlson bilan suhbatda Stiven Uitkoff Ukrainadagi vaziyat yuzasidan bir qator bayonotlar berdi. Xususan, Ukraina hukumati mamlakatda saylov o‘tkazishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Uitkoff Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning apparati rahbari Andrey Yermak Ukrainaning NATO a’zosi bo‘lolmasligiga «tan berganini» ta’kidladi. Trampning maxsus vakili Ukraina mojarosini hal qilishda yetakchi masala sifatida Rossiya yangi mintaqalarining xalqaro maqomini aytdi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:01
Tramp uchinchi prezidentlik muddatini istisno etmadi

08:51
Urushdagi mutlaq rekord: mart Rossiya artilleriyasi uchun «qora oy» bo‘ldi

08:13
Ukraina Qrim ko‘prigiga ATACMS raketalari bilan zarba bergan - NYT

22:38 / 30.03.2025