Timur Kapadze: «Durang adolatli natija bo‘ldi»

Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze JCh-2026 saralashidan o‘rin olgan Eron (2:2) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Avvalo, Eron milliy jamoasini jahon chempionatiga chiqqani bilan tabriklayman va ularga mundialda ham omad tilayman. O‘yinga kelsak, ikkala jamoada ham imkoniyatlar bo‘ldi. G‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Umuman olganda, durang adolatli natija bo‘ldi deb o‘ylayman.
Yigitlarga, muxlislarga va xalqimizga rahmat. Keyingi o‘yinlarga yanada yaxshi tayyorlanib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Inshaaloh, biz ham jahon chempionatiga chiqamiz.
Raqibni o‘rgangandik. G‘alaba uchun o‘ynadik va bunga yaqin keldik ham. 3 nafar yetakchi futbolchimiz yo‘qligi biroz ta’sirini ko‘rsatdi. Ehtimol, ular bilan yanada kuchli bo‘lardik. Lekin bu — milliy jamoa. Qolgan o‘yinchilar ham yetakchilarning o‘rnini bildirmaslikka urinishdi.
Ha, 2018 yil ham bosh murabbiy sifatida O‘zbekiston milliy jamoasini Eronga (0:1) qarshi o‘rtoqlik bahsida boshqarganman. Unda ham forslar kuchli edi va Keyrush bilan jahon chempionatiga chiqib bo‘lgandi. Biz asosan yoshlar bilan kelgandik. O‘shandagi ayrim futbolchilar hamon har ikki jamoada bor. Biz ham o‘sib boryapmiz. Davlat tomonidan futbolga katta e’tibor berilmoqda. Yanada kuchayib boramiz. Chunki jamoaga ko‘plab yosh iqtidorlar kelmoqda», — deydi Kapadze matbuot anjumanida.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qamchiqda Honda xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
-
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Jamiyat | 13:18
-
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin
O‘zbekiston | 13:10
-
Berbok: Germaniya hukumati «Shimoliy oqim-2» qayta ishga tushirilishiga qarshi
Jahon | 12:54
Mavzuga oid

16:05 / 26.03.2025
4 yo‘llanmaga 9 da’vogar. Osiyoda mundial saralashidagi vaziyat

10:15 / 26.03.2025
Qozog‘istonda ilk g‘alaba, Norvegiya Isroilga 4 ta gol urdi. Yevropada kun o‘yinlari

23:06 / 25.03.2025
O‘zbekiston Eron bilan o‘yinda muhim ochkoni qo‘lga kiritdi

20:50 / 25.03.2025