Germaniyada bankir tovuqlar ijarasi bilan shug‘ullanish uchun ishdan bo‘shadi
To‘rtta tovuqni ikki haftaga ijaraga olish 220 yevroni tashkil etadi - bu vaqt davomida ular qo‘ygan tuxum mijozniki bo‘ladi.

Foto: Bild
Germaniyada bank xodimi ishdan bo‘shab, tovuqlarni ijaraga berish biznesini yo‘lga qo‘ydi, deb yozmoqda Bild.
59 yoshli Ryudiger Gertner besh yil oldin hayotini tubdan o‘zgartirdi — u bankdagi ishini tashlab, tovuqlarni ijaraga berish bilan shug‘ullana boshladi. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, bu g‘oya unda bolaligida paydo bo‘lgan.
«Oilamizda doim tovuq boqilardi. Ushbu jonzotlarni kuzatish odamga xotirjamlik bag‘ishlashini payqab qoldim. Bu hissiyotni boshqalar bilan ham bo‘lishgim keldi», — deydi u.
Erkak o‘z ishini to‘rtta tovuq va xo‘rozdan boshlagan bo‘lsa, hozirda 20 ta parrandaga egalik qilmoqda.
«Mening qizlarim — ularni shunday atayman, juda ishonuvchan — quchoqlashishni yaxshi ko‘radi va odamlarga o‘rganib qolgan», — deydi Ryudiger.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tovuqlar ijarasiga kutilmaganda talab oshgan. «Ko‘plab mijozlar uchun tovuqlar haqiqiy antidepressantga aylangan — yolg‘izlikni quvadi va quvonch bag‘ishlaydi», — deya ta’kidlaydi Gertner.
Biznes sxemasi quyidagicha: Gertner mijozlarga ko‘chma voler bilan tovuqlarni olib boradi va ularga yo‘l-yo‘riq o‘rgatadi. To‘rtta parrandani ikki haftaga ijaraga olish 220 yevroni tashkil etadi — bu vaqt davomida ular qo‘ygan tuxum mijozniki bo‘ladi. Ijtimoiy muassasalar uchun chegirmalar taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mart oyida avtotransport vositalari savdosi 3 foizga kamaydi
Iqtisodiyot | 08:12
-
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 soatga yopildi
Jamiyat | 08:09
-
Hindiston Fransiyadan Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib oldi
Jahon | 08:00
-
Amazon orbitaga Starlink uchun raqobatchi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi
Fan-texnika | 07:50
Mavzuga oid

17:31 / 28.04.2025
Toshkentda 5 kishiga Germaniya vizasi olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

15:51 / 16.04.2025