Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudi raisi Jahongir Yakubxo‘jayevga intizomiy jazo chorasi qo‘llandi. Bunga u o‘z yordamchisini kaltaklab, jarohat yetkazgani sabab bo‘ldi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudi raisi Jahongir Yakubxo‘jayev jarimaga tortildi. Bu haqda Kun.uz so‘roviga javoban Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Namangan viloyat sudlari sudyalari malaka hay’ati qarori bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudi raisiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. Tursunali Akbarov jarima miqdoriga oydinlik kiritmadi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Jahongir Yakubxo‘jayevga o‘rtacha oylik maoshining 15 foizi miqdorida jarima tayinlangan.
Jahongir Yakubxo‘jayev 2025 yil 18 yanvar kuni o‘z xizmat xonasida yordamchisi Shohjahon Yaxshiboyevni kaltaklagan. Jarohat olgan yordamchi To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Tibbiy ma’lumotnomada Yaxshiboyev yuz sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi tan jarohati olgani ko‘rsatilgan.
Sudyalar oliy kengashi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Jahongir Yakubxo‘jayev 2023 yil iyul oyida sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining raisi lavozimiga tayinlangan. Bungacha u jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
10:55 / 13.11.2025
Toshkent shahri va viloyatida atmosferaga zarar yetkazayotgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi
14:47 / 10.11.2025
Markaziy bank 18 ta bankni 102 mln so‘mdan jarimaga tortdi
11:32 / 03.11.2025
Pirotexnika bo‘yicha davlat nazorati va jarimalar oshiriladi
22:54 / 02.11.2025