Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretskining rekordini yangiladi
Aleksandr Ovechkin NHL doirasidagi gollar soni bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylandi.

Foto: Reuters
Rossiya milliy jamoasi va Amerikaning «Vashington Kepitalz» klubi hujumchisi Aleksandr Ovechkin kanadalik afsonaviy xokkeychi Ueyn Gretski rekordini yangiladi.
39 yoshli rossiyalik 6 aprel kuni Milliy xokkey ligasi (NHL) doirasidagi o‘yinda «Nyu-York Aylenders» (1:4) darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu Ovechkinning 1487 ta o‘yindagi 895-goli bo‘ldi. Natijada u kanadalik Ueyn Gretskining NHL doirasidagi gollar soni bo‘yicha 1999 yilda o‘rnatgan va abadiy deb hisoblangan rekordidan (1487 ta o‘yinda 894 gol) o‘zib ketdi.
Aleksandr Ovechkin xokkeychilik faoliyatini 2001 yilda Moskvaning «Dinamo» klubida boshlagan. 2005 yildan buyon «Vashington Kepitalz» klubida o‘ynamoqda.
Ueyn Gretski xokkeychilik faoliyatini 1978 yilda «Indianapolis Reyserz» klubida boshlagan. Keyinchalik «Edmonton Oylerz», «Los-Anjyeles Kingz», «Sent-Luis Blyuz» va «Nyu-York Reyndjers» klublarida o‘ynab, 1999 yilda faoliyatini yakunlagan. NHL doirasida ko‘plab shaxsiy rekordlar sohibi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon | 00:46
-
O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz - TIV vakili
Jahon | 00:31
-
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
Jahon | 00:19
-
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:12 / 27.04.2025
Mavzuga oid

07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi

17:21 / 16.04.2025
Vashington meri 11 aprelni «Aleksandr Ovechkin kuni» deb e’lon qildi

17:12 / 05.04.2025
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretski rekordiga yetib oldi

21:18 / 06.03.2025