Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
Bulung‘ur tumanidagi 37-maktabda sodir bo‘lgani aytilayotgan videoda o‘qituvchi bolalar bilan juda qo‘pol munosabatda bo‘lgani, hivchin ko‘tarib o‘quvchilarni ayovsiz koyib bergani ko‘rinadi. Maktab vazirligi vaziyatni o‘rganayotganini ma’lum qildi.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanining 37-maktabida o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgani aytilmoqda. Kun.uz’ga yuborilgan videoda erkak o‘qituvchi sinfxonaga jahl bilan kirib, bolalar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan. 4 daqiqa-yu 55 soniyali videoda xodim bir nechta bolaga qo‘l ko‘targani, ularga ayovsiz tanbeh bergani ko‘rinadi.
Tahririyat holat yuzasidan izoh olish uchun videoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim qildi. Hozirda vaziyat o‘rganilayotgani, qo‘shimcha axborot berilishi aytildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahridagi maktablardan birida darsga kech kelgan 7-sinf o‘quvchisiga tashlanib, unga zo‘rlik va tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olingandi.
Xorazmda esa maktab direktori sochi o‘rilmagan qizni kaltaklagan videosi tarqalgandi. Holat ortidan direktor dastlab ma’muriy javobgarlikka tortilib, pedagogga xos bo‘lmagan harakatlari uchun hayfsan jazosini olgan, keyinroq ishdan bo‘shatilgandi.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026