Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil qamoqxonalarida minglab falastinlik mahkumlar o‘lyapti - Abdulla al-Zegariy
Bu haqda Falastin asirlari uyushmasi raisi Abdulla al-Zegariy ma’lum qildi.
Isroil qamoqxonalaridagi minglab falastinliklar zo‘ravonlik, qiynoqlar va tibbiy e’tiborsizlik tufayli asta-sekin o‘lmoqda. Bu haqda Falastin asirlari uyushmasi raisi Abdulla al-Zegariy ma’lum qildi.
Al-Zegariy Belgiya poytaxti Bryusselda "Falastinlik mahbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi Yevropa alyansi" konferensiyasida nutq so‘zladi.
«Qamoqxonalardagi minglab falastinliklar mahbuslar ularni jismonan va ruhiy jihatdan charchatadigan bunday jinoyat va siyosat tufayli sekin-asta nobud bo‘lmoqda», — deydi u.
Uyushma rahbarining aytishicha, Isroil qamoqxonalari falastinlik mahbuslar uchun qiynoq markazlariga aylangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buni ozodlikka chiqqan mahbuslarning hikoyalari ham tasdiqlaydi. Bu haqda mahbuslarning oldiga borgan advokatlar xabar bergan.
Uning ta’kidlashicha, Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik mahbuslar, jumladan, ochlik va jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lyapti.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026