O‘zbekiston | 13:24 / 05.05.2025
2717
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada O‘zbekiston va Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin rahbarlik qildilar.

Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb mavzulari muhokama qilindi.

Shuningdek, MDH, ShHT, BMT tuzilmalari va "Markaziy Osiyo – Rossiya" formati doirasida ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid