Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda kuchli yomg‘ir 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Kuchli yomg‘irlar ko‘chki va toshqinlarni keltirib chiqaryapti.
Hindiston shimoli-sharqida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan tabiiy ofatlar qurbonlari soni 44 kishiga yetdi.
Hindistonning NDTV telekanali xabar berishicha, musson fasli kelishi bilan boshlangan yomg‘irlar yer ko‘chkilari va toshqinlarni keltirib chiqardi va bu mintaqadagi hayotni sezilarli darajada murakkablashtirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aholi orasida qurbonlar Assam, Arunachal-Pradesh, Megalaya, Manipur, Tripura, Nagaland va Mizoram shtatlarida qayd etilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar 1500 dan ortiq qishloqqa va 14 739 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlariga zarar yetkazgan.
Hindiston meteorologiya departamenti avvalroq mintaqada yaqin kunlarda kuchli yog‘ingarchilik davom etishi haqida ogohlantirgan edi.
Mamlakatda har yili iyun-sentabr oylarida yog‘adigan musson yomg‘irlari odamlarning qurbon bo‘lishiga va katta moddiy zararga olib keladi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026