Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya flotini 2050 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi
Nikolay Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, bunday hujjat Rossiya zamonaviy tarixidagi birinchi shunday hujjatdir.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya Harbiy-dengiz flotini 2050 yilgacha rivojlantirish strategiyasini» tasdiqladi, deb xabar berdi RIA «Novosti». Bunday hujjat zamonaviy tarixda birinchi marta qabul qilindi, dedi prezident yordamchisi, Rossiya Dengiz kollegiyasi raisi Nikolay Patrushev «Argumenty i fakty» nashriga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin yangi strategiyani 30 may kuni ma’qullagan. «Strategiyani tayyorlash to‘g‘risidagi qaror o‘tgan yilning iyul oyida Kremlda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilingan edi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra Mudofaa vazirligi o‘z loyihasini tayyorladi, keyin esa u Rossiya Dengiz kollegiyasi tomonidan federal idoralar va tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqildi», dedi Patrushev.
«Tafsilotlarni ochiqlamasdan shuni aytishim mumkinki, bunday strategik rejalashtirish hujjati zamonaviy tarixda birinchi marta qabul qilindi. Rossiyaning dunyodagi eng yirik dengiz kuchlaridan biri sifatidagi mavqeyi asta-sekin tiklanmoqda», — dedi prezident yordamchisi.
Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat tahlili, «qurolli to‘qnashuvlarning yuzaga kelishi va xarakterining ehtimoliy variantlari, yetakchi harbiy-dengiz kuchlarining salohiyati» bayon etilgan, shuningdek, Ukrainadagi urush tajribasini hisobga olgan holda «dengiz flotining hozirgi holati va imkoniyatlari baholangan».
Mavzuga oid
15:41 / 02.01.2026
20 ta turizm klasteri tashkil etilib, 4 mingta yangi mehmonxona va xostel ochiladi
13:47 / 31.12.2025
Har yili 500 nafar iqtidorli yoshlar xorijdagi nufuzli oliygohlarga yuboriladi
11:18 / 31.12.2025
Profilaktika kuchaytiriladi: yuqumli bo‘lmagan kasalliklar erta aniqlanadi
11:14 / 31.12.2025