Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA rahbari yadroviy xavfsizlikni ta’minlash uchun Eronga borishga tayyor
Mariano Grossi har ikki tomonni mojaro yanada kuchayib ketishining oldini olishga chaqirdi.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Mariano Grossi vaziyatni baholash, xavfsizlik va yadroviy qurol tarqalishining oldini olish uchun imkon qadar tezroq Eronga borishga tayyorligini bildirdi.
Grossi bu bayonotni kecha Isroil Eron yadro inshootlari va tinch aholi obektlariga zarbalar berganidan so‘ng, AEXA boshqaruv kengashi yig‘ilishida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni agentlikni Natanzdagi yadroviy inshootga berilgan zarba haqida xabardor qilgan. Grossining ta’kidlashicha, u yadroviy inshootlar hech qanday sharoitda nishonga aylanmasligi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan.
Bosh direktor, shuningdek, yadroviy inshootlarga hujumlar xalqaro huquq, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalari va agentlikning o‘z ustaviga zid ekanini aytdi.
«Men tegishli organlarga vaziyatni baholash, xavfsizlik va qurol tarqalishining oldini olish uchun imkon qadar tezroq Eronga borishga tayyor ekanligimni ma’lum qildim», dedi Grossi va har ikki tomonni mojaroning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026